← Materiallarga

Meva va sabzavotlarni saqlashning maqbul sharoitlari

Meva va sabzavotlarni saqlash muddati hamda sifati ombor kamerasidagi atmosfera harorati, meva harorati, kamera hamda meva ichidagi kislorod va karbonat angidrid (СО2) miqdori kabi…

Meva va sabzavotlarni saqlashning maqbul sharoitlari
To'liq materialni o'qish

Meva va sabzavotlarni saqlash muddati hamda sifati ombor kamerasidagi atmosfera harorati, meva harorati, kamera hamda meva ichidagi kislorod va karbonat angidrid (СО2) miqdori, etilen (С2Н4) ning kamera atmosferasi va meva ichidagi miqdori, kameradagi havoning nisbiy namligi kabi omillarga bog'liq.

Mevalarni saqlashga qo'yishda quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Bir vaqtda uzilgan va bir xil yetilganlik darajasiga ega bo'lgan, bitta pomologik va tovar navdagi mevalarni joylashtirish
  • Kameraga meva yuklashni ko'pi bilan ikki kunda yakunlash
  • Po'st qorayishiga sezuvchan navlar uchun zarur saqlash sharoitlarini yaratish muddati kameraga yuklash boshlangan kundan 10 kundan oshmasligi kerak
  • Uzoq saqlash uchun tovar hosili berish davriga kirgan, me'yoriy hosildorlik va yaxshi fitosanitar holatdagi bog' yoki kvartallarda uzish yetukligida terilgan mevalardan foydalanish
  • Yosh, kam hosilli va kuchli kesilgan bog'lardan uzilgan mevalarni qisqa muddat saqlash yoki darhol sotish uchun ishlatish
Materiallarga